«Everton» o'z futbolchisini eski klubiga ijaraga berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

«Everton» klubi futbolchisi Xames Rodrigez eski jamoasi «Portu»ga qaytishi mumin. Xabarda aytilishicha, u Portugaliyaga ijara asosida o'tishi mumkin. Kolumbiyalik futbolchi Evropaning ikkita gigant klubi «Real» hamda «Bavariya» sharafini himoya qildi.
Ammo u 2010 yilda Janubiy Amerikadan Evropaga birinchi bor kelganida, aynan «Portu»da faoliyat boshlagan edi. Shuningdek, almashinuv varianti ham mavjud bo'lib, unda «Everton» 24 yoshli vinger Luiz Diaz bilan shartnoma imzolashi aytilgan.
Diaz ham kolumbiyalik va Xames o'rnini to'ldirishi mumkin bo'lgan futbolchi. Avvalroq Xames Rodrigez jamoadan ketishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
144