"Kardiff" "Nant"ga marhum Salaning transferini to'laydimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1513

FIFA "Nant" klubining haligacha Emiliano Salaning transferi uchun birinchi to'lovni amalga oshirmagan "Kardiff" ustidan shikoyatini ro'yxatdan o'tkazdi.
Frantsiya klubi yuristlari so'zlariga ko'ra, shikoyat 26 fefral kuni berilgan.
"15 mart kuni yozilgan xatga ko'ra, FIFA "Nant"ning shikoyatini ro'yxatdan o'tkazgan va bu "Kardiff" klubiga ma'lum qilingan. Klub 3 aprelgacha bunga javob berishi kerak", - deydi yuristlar.
Keyinroq FIFA bu ma'lumotni L’Équipe jurnalistlari uchun tasdiqlagan.
Kelishuvga ko'ra, "Kardiff" fevral oyi boshlarida 6 million evrolik birinchi transhni o'tkazishi kerak. Transferning umumiy summasi 15 mln evro.

Bosh sahifaga
159