«Lids» yangi futbolchi transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 230

«Lids Yunayted» klubi kelajagi Virjil van Deykka qiyoslangan yosh himoyachi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Unda shunday deyiladi: «Lids Shotlandiya chempionati vakili »Seltik«dan Leo Helde transferini e'lon qiladi. Helde bu hafta 18 yoshini nishonladi. U klub bilan 2025 yilda yakuniga etuvchi, 4 yillik shartnomaga imzo chekdi».
Norvegiyalik futbolchi sobiq «Nottingem Forest» klubi himoyachisi Jon Heldening o'g'li hisoblanadi. U «Lids»ning 23 yoshgacha bo'lgan jamoasida faoliyat olib boradi. Ushbu xarid klubning yozdagi ettinchi transferi bo'ldi.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
144