Ronaldu Turinni tark etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 220

Hujumchi Krishtianu Ronaldu «Yuventus»ni tark etishga yaqin turibdi.
Portugaliyalik futbolchi ayni daqiqalarda shaxsiy samolyotida Turindan uchib ketdi. Bu haqda jurnalistlar Janluka Di Martsio, Fabritsio Romano va bir qator manbalar xabar tarqatdi.
36 yoshli futbolchi o'zining agenti Jorje Mendesh bilan keyingi faoliyatini hal qilish masalasini hal qilmoqda. Yaqin soatlar ichida uning yangi jamoasi nomi aniq bo'ladi.
Bundan tashqari, «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri ham Ronaldu klubni tark etayotganini tasdiqladi. Krishtianu «Manchester Siti» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Bosh sahifaga
179