"Yuventus" Ronalduni "Man Siti" futbolchisiga almashtirishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208

Turinning "Yuventus" klubi hujumchi Krishtianu Ronalduni "Manchester Siti"ga 29 million evroga sotmoqchi, deydi jurnalist Nikolo Skira.
Bundan tashqari, Italiya klubi bu kelishuvga "shaharliklar" hujumchisi Gabriel Jezusni ham kiritish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, "Siti" 36 yoshli portugaliyalikka 15 million evro maosh bilan ikki yillik shartnoma taklif qilishi mumkin.
Ronaldu "Yuventus" tarkibida 134 ta o'yinda 101 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "keksa sinora" bilan shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi.

Bosh sahifaga
260