Mourino "Barsa" futbolchisi orqali himoyani kuchaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Klement Langle faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko'ra, "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino yangi himoyachi futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi va 26 yoshli frantsuzni "ko'k-anorranglilar"dan sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, "Barsa" Klementni 25 million evro evaziga boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Langlening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi yozda faqat 2026 yilda tugaydi.

Bosh sahifaga
295