"Manchester Siti", "Atletiko", "Inter" va "Yuventus" 18 yoshli hujumchiga ko'z tikmoqdalar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7893
Portugaliyaning "Braga" klubi hujumchisi Fransishku Trinkan "Manchester Siti", "Atletiko", "Yuventus" va "Inter" klublarining qiziqish doiralariga tushib qoldi, deya xabar beradi La Gazzetta dello Sport.
18 yoshli futbolchi yozda bo'lib o'tgan Evropa chempionatida (U-19) o'zini a'lo darajada ko'rsatdi: 5 o'yinda 5 ta gol. Terma jamoasining musobaqada g'olib chiqishida katta xizmat qildi.
Trinkan hozircha "Braga"ning ikkinchi jamoasida o'ynamoqda va uning transfer bahosi 8 mln evroni tashkil qiladi.