London klubi yangi hujumchi xaridiga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 181

«Vest Xem» klubi «MYu» futbolchisi Jessi Lingard o'rniga yangi nomzod topdi. «Express» nashri xabariga ko'ra, «Lill» futbolchisi Bamba «bolg'achilar» e'tiboriga tushgan.
25 yoshli futbolchi o'tgan yili jamoasi muvaffaqiyatiga katta hissa qo'shdi. U mavsum davomida 6 ta gol va 8 ta assist muallifiga aylangan. Bamba «Lill» safiga 2018 yilda «Sen-Etien»dan kelib qo'shilgan edi.
Sobiq Frantsiya yoshlar termasi a'zosi uchun 25 million funt atrofida narx belgilanishi mumkin. Bamba uchun shuningdek, «Atalanta» hamda «Baer» klublari ham qiziqish bildirgan.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
280