«Roma» ustoziga himoyada najot kerak
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

Italiyaning «Roma» klubi «Barselona» futbolchisi Kleman Langle uchun kurashishi mumkin. «Corriere dello Sport» nashrining xabariga ko'ra, Rim klubi himoyada tiklanish uchun harakat qiladi.
Klubga himoyachi hamda yarimhimoyachilar etishmayotgani aytilgan. «Roma» bu yozda darvozabon Rui Patrisio, Vina, Shomurodov hamda Abraxam bilan kelishuvga erishdi. Himoyada esa hech kim.
Shu sabab klub «Barsa»da omadi chopmayotgan Frantsiya terma jamoasi a'zosi bilan shartnoma qilishga harakat qilib ko'radi. Uning o'z klubidagi pozitsiyasi Erik Gartsiya hamda Jerar Pike tomonidan egallangan.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
219