So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Tottenxem" prezidenti Keynga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 143
Yozgi transfer oynasi yopilishiga oz vaqt qoldi, ammo "Manchester Siti" va "Tottenxem" hali ham hujumchi Xarri Keyn borasida aniq to'xtamga kelmagan. Mirror Sport nashri xabariga ko'ra, "shporlar" prezidenti Daniel Levi 150 million funt (175 million evro) taklifi tushgandagina muzokara stoliga o'tirishga tayyor. Kamroq pul evaziga yoki shartnomaga boshqa o'yinchilarni kiritish uchun Levi, hatto Keynning ketish istagi fonida ham rozi emasligini ma'lum qilgan.
"Manchester Siti" hozircha "Tottenxem"ga atigi 100 million funt taklif qilgan. Taklifni ko'paytirish uchun "shaharliklar" ushbu yozda bir qancha futbolchilarni sotishi talab qilinadi. Shu sababli, Keynning ushbu mavsum ham londonliklar safida qolishi oydinlashmoqda.