"Inter Mayami" bu kurashda "Nyukasl"ni taslim qilishga ishonmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 162

AQShning "Inter Mayami" klubi Daniyaning "Mityullend" klubi futbolchisi Evander transferi uchun poygaga kirgan. Ushbu pleymeyker uchun "Nyukasl" ham kurashayotgan edi. Amerika klubi bu kurashda inglizlarni yutib chiqishiga ishonmoqda.
23 yoshli braziliyalik futbolchining o'zi MLSga, Devid Bekhemning klubiga borib qo'shilishni reja qilgan. Xabarda aytilishicha, Bekhem klubi futbolchi uchun 6 million funtdan voz kechishga tayyor.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
164