«Lids» tarbiyalanuvchisi Chempionship klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 193

Chempionship vakili «Sanderlend» klubi «Lids Yunayted» tarbiyalanuvchisi Nial Haggins uchun shartnoma taklif etadi. «Sunderland Echo» nashrining xabariga ko'ra, Uels yoshlar terma jamoasi a'zosi uchun sanderlendliklar doimiy bitim tayyorlamoqda.
Haggins klub yoshlari tarkibida APL2da muvaffaqiyatli ishtiroki bilan e'tiborga tushgan edi. U fevral oyida APLda «Arsenal»ga qarshi o'yinda debyut qilgan. Futbolchi bu yili Marselo Belsa tomonidan doimiy asosiy tarkibga jalb qilib kelinmoqda.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
167