So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Tottenxem" rahbariyati "Manchester Siti"ning qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122
"Tottenxem" prezidenti Daniel Levi amaldagi chempion "Man Siti"ning "shporlar" hujumchisi Xarri Keynni 171 million dollarga sotib olish haqidagi taklifini rad etib, "shaharliklar" rasmiylari qo'ng'iroqlariga javob berishni to'xtatdi, deb xabar beradi Daily Telegraph nashri.
Avvalroq, Manchester klubi forvard uchun 171 million dollar to'lashga tayyor ekani xabar qilingandi, ammo "Tottenxem" bu talabni rad etdi. Levi joriy transfer oynasida Keyn bilan xayrlashmoqchi emas.
Keyn "Tottenxem" tarbiyalanuvchisi, 2011 yilda "shporlar" safida debyut qilgan. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha tuzilgan. O'tgan mavsumda 28 yoshli hujumchi Angliya Premer-ligasida 35 o'yin o'tkazdi, 23 gol urdi (to'rttasi penaltidan) va 14 golli uzatmani amalga oshirdi.
"Tottenxem" APL 2021/2022 yilgi mavsumining birinchi turida "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Yagona muallifi Song Xing Min bo'ldi.