So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Keyn "Tottenxem" prezidentini va'dabozlikda ayblamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124
Hujumchi Xarri Keyn "Tottenxem" prezidenti Daniel Levining xatti -harakatlaridan nihoyatda norozi.
O'tgan mavsum boshlanishidan oldin Levi Keynga agar klub Premer-ligada kuchli 4 -o'rinni egallamasa va sovrinni qo'lga kiritmasa, uni boshqa klubga etarli miqdordagi summa evaziga qo'yib yuborishiga va'da bergan edi.
Bir necha kun oldin "Manchester Siti" Harri uchun taklifini 125 million funtgacha oshirdi, lekin Levi Premer-ligada rekord miqdordagi futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortdi.
The Telegraph nashri xabariga ko'ra, Keyn rahbariyat uni aldab,
uning tovon pulini katta miqdorga (taxminan 160 million funt) oshirib yuborganidan nihoyatda norozi.
Harri "Tottenxem" muxlislari uning jamoani o'zgartirish istagini tushunishini va unga qarshi norozilik harakatini amalga oshirmasligiga umid qilmoqda. Qolaversa, uning mashg'ulotlarga kechikishi futbolchining Evro-2020da qatnashganidan keyin qo'shimcha bir haftalik dam olishiga bog'liq bo'lganini tushunishini ta'kidlagan.