"Inter" va ikki ingliz klubi "Latsio" hujumchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

"Latsio" hujumchisi Xoakin Korrea Rim klubini tark etishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Manbaga ko'ra, rimliklar argentinalik 27 yoshli futbolchini 35 million evroga sotishga tayyor. Futbolchiga "Lester", "Everton" va "Inter" da'vogarlik qilmoqda.
O'tgan mavsumda Korrea "Latsio" tarkibida 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 6 ta
golli uzatma muallifi bo'lgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
185