"MYu" "Man Siti" va "Chelsi" "Metts" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 176

Frantsiyaning "Metts" klubi yarim himoyachisi Pape Matar Sarr faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqida RMC nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchiga "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda. "Metts" prezidenti Bernard Sereyn ushbu klublar vakillari bilan uchrashdi. Transfer summasi taxminan 30 million evroni tashkil qilishi mumkin.
18 yoshli senegallik joriy mavsum "Metts" safida ikkita o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsum Frantsiya Liga 1 musobaqasila 25 ta o'yin o'tkazdi va to'rtta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 10 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
189