APL klublari qiziqish bildirgan futbolchini "Roma" "ilib" ketishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 172

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaga ko'ra, "Roma" 24 yoshli shveytsariyalikni da'vo qilmoqda. Avvalroq, futbolchiga "Arsenal", "Tottenxem" va "Everton" kabi klublari qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
2020/21 yilgi mavsumda Zakariya "Borussiya" tarkibida 32 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
206