«Arsenal» futbolchisini almashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 169

Londonning «Arsenal» klubi himoyachisi Ektor Belerinni «Barselona» futbolchisi bilan almashtirmoqchi. «Daily Star» nashrining xabar berishicha, Kataloniya klubi futbolchisi Emersonni Belerin bilan almashtirish bo'yicha muzokaralar boshlagan.
«Arsenal»ning 26 yoshli futbolchisi Mikel Arteta hamda klub direktori Eduga ketish niyatida ekanini ma'lum qilgan. Uning sobiq klubi «Barsa» futbolchini qayta sotib olishga qarshiligi yo'q. Avvalroq Belerin «Inter» bilan muzokaralar o'tkazishi haqida ma'lum qilingan edi.
Manba: bbc.com
Bosh sahifaga
210