"Tottenxem" A Seriya klubi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 167

"Fiorentina"ning serbiyalik himoyachisi Nikola Milenkovich faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin. Bu haqida Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda. Futbolchining transfer summasi 18 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Milenkovichning florentsiyaliklar bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi.
O'tgan mavsum Nikola A Seriyada 34 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 5 gol va 1 golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
178