"Roma" Abrahamni 80 million evroga sotib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Chelsi" hujumchi Temmi Abrahamning "Roma"ga o'tishi borasida kelishib oldi, deb xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Avvalroq, Italiya klubi 23 yoshli inglizni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchiliga aytilgandi. Biroq, ma'lum bo'lishicha, "Chelsi" futbolchini 80 million evroga sotib olish shartini belgilagan, uni 2023 yil iyunidan faollashtirish mumkin.
2021/22 yilgi mavsumda Abraham "ko'klar" safida birorta ham o'yin o'tkazmagan.
Transfermarket portali futbolchining qiymatini 38 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
191