London klubi «Xadersfild» futbolchisi uchun kurashga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

Chempionship vakili «Xadersfild Tavn» klubi futbolchisi Levis O'Breyn uchun «Kristal Pelas» ham kurash boshladi. «Footabll Insider» nashri bergan xabarga asosan klub futbolchisi uchun yaxshi taklif kutmoqda.
«Lids» yarimhimoyachi uchun oldinroq 3 million funt taklif qilgan edi. Biroq klub futbolchisi uchun 10 million atrofida narx belgilashi mumkin.
22 yoshli ingliz futbolchisi xizmatlariga «burgutlar» ustozi Patrik Viera ham muhtoj sanaladi. Agar narx borasida kelishuvga erishilsa, londonliklar transferni amalga oshirish imkoniga ega bo'lishadi.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
169