"Inter" "Atalanta" futbolchisini sotib olmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

Italiyaning "Atalanta" va "Inter" jamoalari o'rtasidagi Duvan Sapata borasidagi muzokaralar to'xtab qoldi. Bu haqda insayder Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Atalanta" hali ham Sapata uchun munosib o'rinbosar topa olmagan. Shu sababli, kolumbiyalik futbolchisini boshqa jamoaga sotmaslik qaroriga kelgan. Endi "Inter" boshqa hujumchilarni sotib olish haqida o'ylaydi.
Ehtimol, "neradzurrilar" Sankt -Peterburgning "Zenit" klubiga o'tishi taxmin qilinayotgan Andrea Belottini o'z safiga qo'shish uchun kurashib ko'radi.

Bosh sahifaga
174