"Chelsi" va "Roma" bugun Abraham borasida muzokara o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 185

"Roma" rahbariyati "Chelsi" futbolchisi Temmi Abrahamni sotib olmoqchi. Muzokaralar bugunga rejalashtirilgan, deb xabar beradi La Gazzetta dello Sport. Rimliklar londonlik futbolchi uchun 45 million evro sarflashga tayyor, bu summani bir necha bandlarga bo'lishgan.
"Chelsi" shartnomaga sotib olish huquqini qo'shmoqchi. Temmi Abrahamga "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda, ammo "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino inglizlar tanlovini o'z foydasiga burishga harakat qilmoqda.

Bosh sahifaga
168