"Lill" futbolchisi A Seriyaga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 205

Calciomercato nashri xabariga ko'ra, "Atalanta" "Lill" hujumchisi Jonatan Ikonega qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, frantsuz klubi 23 yoshli futbolchi uchun 30 million evroga yaqin mablag' olmoqchi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchiga "Milan" va "Borussiya Dortmund" ham da'vogarlik qilmoqda.
2021/22 yilgi mavsumda Ikone "Lill" bilan 2 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, forvard - "PSJ" tarbiyalanuvchisi.

Bosh sahifaga
151