APLning uch klubi Bundesliga futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida Bild nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli shveytsariyalikka "Arsenal", "Tottenxem" va "Everton" klublari
qiziqish bildirmoqda. Mashkur shartnoma yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
2020/21 yilgi mavsumda Zakariya "Borussiya" tarkibida 32 o'yin o'tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarket portali futbolchining qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
152