"Dinamo Moskva" futbolchisi grandlar e'tiborida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 203

Moskvaning "Dinamo" klubi yarim himoyachisi Arsen Zaxaryan Evropaning top -klublari qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Sport-Express nashri xabariga ko'ra, 18 yoshli futbolchining xizmatlariga "Leyptsig" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, xorij klublari uchun futbolchining tovon puli 12 million evroni tashkil qiladi.
Keyingi mavsumda bu summa 15 million evroga ko'tariladi.
"Leyptsig" sotib olish variantini amalga oshirishga tayyor, ammo hozircha o'tish ehtimoli juda past.
"Dinamo" tarkibida Zaxaryan 16 o'yinda maydonga tushib, 4 gol urdi va 6 golga uzatma berdi.

Bosh sahifaga
258