"Tottenxem" Keyn o'rniga yangi nomzod topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 246

Londonning "Tottenxem" klubi, agar Xarri Keyn jamoani tark etsa, boshqa hujumchi bilan shartnoma imzolaydi.
Jurnalist Janluka Di Martsioga xabariga ko'ra, "shporlar"ning variantlaridan biri - "Fiorentina" hujumchisi Dushan Vlahovich.
Shuningdek, Londonning boshqa jamoasi "Arsenal" ham Florentsiya klubi futbolchisini nishonga olgan.
O'tgan mavsumda Vlahovich "Fiorentina" safida 40 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning bozor qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

Bosh sahifaga
207