"Roma" hujum chizig'i uchun yana bir nomzod nomi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 199

Rimning "Roma" klubi jamoani tark etishga yaqin turgan bosniyalik 35 yoshli hujumchi Edin Jekoga o'rin bosar qidirishda davom etmoqda. Italiyalik jurnalist Nikolo Skira tvitterda qayd etganidek, "Roma"ning seleksiya xizmati 21 yoshli iqtidorli "Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isakga qiziqish bildirgan.
Futbolchi oldinroq klubi bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirgan edi.
O'tgan mavsumda Isak "Real Sosedad" safida barcha turnirlarda 44 o'yinda qatnashib, 17 ta
gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Oxirgi Evro-2020 musobaqasida u to'rtta o'yinning
barchasini asosiy tarkibda o'tkazdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining
transfer qiymati 40 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
184