"Lester" yangi himoyachi sotib oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200
"Sautgempton" himoyachisi Yannik Vestergard faoliyatini Premer-liganing boshqa klubida
davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Talksport nashri. Manbaning xabariga ko'ra, 29
yoshli daniyalik futbolchiga jiddiy jarohati tufayli Uesli Fofanani uzoq vaqtga yo'qotgan
"Lester" da'vogarlik qilmoqda.
O'tgan mavsumda Vestergard Premer-ligada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga
muvaffaq bo'ldi. Evro-2020da himoyachi Daniya terma jamoasi bilan oltita o'yin o'tkazdi.
Transfermarket portali futbolchining qiymatini 18 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
178