"Barsa" Koutinoni APL klublariga taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 213

"Barselona" yozda yarim himoyachi Filippe Koutinodan qutulishga harakat qiladi. Braziliyalik futbolchi Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Liverpool Echo nashri xabar bermoqda.
"Barsa" Liverpulning "Everton" klubiga Koutino xizmatlarini taklif qildi. Biroq, "irislar" braziliyalik yarim himoyachi borasida muzokaralarga kirishishga shoshilmayapti.
Avvalroq, Koutinoga "Milan", "Tottenxem" va "Lester" kabi jamoalar qiziqish bildirgani haqida xabar berilgandi.

Bosh sahifaga
190