"Tottenxem" futbolchisi jamoadan ketishi aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Londonning "Tottenxem" futbolchisi Mussa Sissoko yozda jamoani tark etishi kutilmoqda. Bu haqida insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. Ma'lum bo'lishicha, ingliz klubi bu muammoning echimi ustida ishlamoqda.
Football Insider nashri xabariga ko'ra, Mussa Sissoko "Tottenxem"dan ketishi mumkinligi aytilganidan so'ng, bir qancha chet el klublari frantsuz futbolchisiga qiziqish bildirgan. Ma'lumotlarga ko'ra, Nuno Eshpiritu Santu Mussaning jamoadan ketishiga va o'ziga yangi jamoa izlashiga ruxsat berdi.
Eslatib o'tamiz, Sissoko o'tgan mavsum Angliya Premer-ligasida 25 uchrashuvda maydonga tushgan.

Bosh sahifaga
198