"Arsenal" yaponiyalik himoyachiga "og'iz solgan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 217

Londonning "Arsenal" klubi "Bolonya" himoyachisi Takexiro Tomiyasuni sotib olmoqchi. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
"Bolonya" Tomiyasu uchun 20 million evroga yaqin pul so'ramoqda. Yaponiyalik ham Angliya chempionatida o'zini sinab ko'rishga qarshi emas.
Hozir, Samuraylar yurti vakili atigi 22 yoshda. U A Seriyaning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi.
Avvalroq, Londonning boshqa jamoasi "Tottenrxem" ham Tomiyasuga qiziqish bildirgandi. Ammo, "shporlar" va Italiya klubi hozircha kelishuvga erisholganicha yo'q.

Bosh sahifaga
184