"Barselona" "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtga qiziqib qoldi.
"Sport.es" nashriga ko'ra, Kataloniya klubining texnik direktori Erik Abidalning yordamchisi Ramon Planes "Ayaks"ning "Real"ga qarshi o'yinini kuzatgan. O'yindan keyin "Barselona" 19 yoshli de Ligtni sotib olishga jiddiy qaror qilgan. "Barselona" uni Jerar Pikega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Shuningdek, Planes "Barselona" transferini allaqachon hal qilgan "Ayaks"ning boshqa futbolchisi — Frenki de Yongni ham kuzatgan.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Dunyoning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lish qanday? Bilmayman Poul Skoulsdan so'rab ko'ring" — Zinedin Zidan