"Yuventus" futbolchisi "Atalanta" tibbiy ko'rigidan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 189

"Yuventus" va Turkiya terma jamoasi himoyachisi Merih Demiral faoliyatini "Atalanta" da davom ettiradi.
Insayder va jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, bugun turkiyalik futbolchi bergamoliklar tibbiy ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tdi.
Manbaga ko'ra, bitim sotib olish imkoniyatini o'z ichiga olgan, bir yillik ijara bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Romano Kristian Romero "Atalanta"dan "Tottenxem"ga 55 million evroga transfer qilinganini e'lon qilgandi. Italiya klubi esa mazkur bo'shliqni to'ldirish uchun ham "keksa sinora" futbolchisini ijaraga olayotgani ma'lum qilingan.

Bosh sahifaga
216