"Chelsi" yaqin vaqtlar ichida "Inter"ga rasmiy taklif jo'natadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

"Inter" futbolchisi Romelu Lukaku "Chelsi" klubiga qaytishga yaqin turibdi.
London klubi bu transferni imkon boricha ertaroq yakunlamoqchi. Belgiyalik yiliga 12 million evro miqdordagi maoshga rozi bo'ldi.
"Aristokratlar" yaqin vaqtlar ichida "Inter"ga 110 million evrolik rasmiy taklif jo'natishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, ayni damda 28 yoshli forvardni "transfermarkt" portali 100 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
237