"Roma" hujumchisiga narx belgiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

"Roma" tajribali hujumchisi Edin Jekoga narx belgiladi. Bu haqda Italiya OAV xabar bermoqda.
Klub Jekoni 15 million evro evaziga boshqa jamoaga qo'yib yuborishga tayyor. Jeko "Inter"ga o'tishi mumkin.
Shu bilan birga, italiyalik jurnalistlarning qayd etishicha, "neradzurrilar" Duvan Sapataning transferini tashkil qila olmasa, "Inter" Jeko bilan muzokara o'tkazadi.

Bosh sahifaga
228