"Bavariya" etakchisi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 151

Bild nashri xabariga ko'ra, Myunxen "Bavariya" klubi va Yozua Kimmix o'rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilmoqda. Shartnoma 2026 yilgacha hisoblanishi mumkin.
Shu bilan birga, 26 yoshli yarim himoyachining maoshi hujumchi Robert Levandovskining
maoshidan keyin ikkinchi o'rinda bo'ladi. Uning bir oytda oladigan puli darvozabon Manuel Noyer va yarim himoyachi Tomas Myullerniki darajasida bo'ladi.
Amaldagi shartnomaga ko'ra, Kimmix taxminan 10 million evro oladi va uning yangi maoshi deyarli ikki barobarga oshadi.
Ma'lum bo'lishicha, kelasi dushanba, 9 avgustda tomonlar muzokaralarning navbatdagi bosqichini o'tkazadi, shundan so'ng shartnoma imzolanadi.

Bosh sahifaga
176