"Bavariya" "PSJ" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 158

"Bavariya" "PSJ" himoyachisi Tilo Kererga qiziqish bildirmoqda. Bild nashri xabariga ko'ra, Myunxen klubi parijlik futbolchini transfer oynasi tugagunga qadar jamoasini almashtirishi mumkin bo'lgan Niklas Zyulega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
24 yoshli germaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan. Transfermarket portali futbolchining qiymatini 25 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda Kerer barcha turnirlarda 33 o'yinda maydonga tushib, to'rtta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
175