«Aston Villa» angliyalik hujumchi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 179

«Aston Villa» klubi «Sautgempton»dan Denni Ingz transferini amalga oshirdi. Bu haqda «Sautgempton»ning ijtimoiy tarmoqlardagi, xususan, Twitter'dagi sahifasida bayonot berilgan.
Angliyalik hujumchi birmingemliklar bilan uch yillik shartnoma imzolagan. Transfer narxi ma'lum qilinmagan. 29 yoshli Ingz o'tgan mavsumda 14 gol urishga erishgan.
Ushbu xarid «Aston Villa»ning yozdagi to'rtinchi transferiga aylandi. Avvalroq klub Eshli Yang, Leon Beyli hamda Emi Buendia bilan bitim tuzgan edi.
Manba: futaa.com
Bosh sahifaga
175