"Sevilya" "Roma" himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 164

"Sevilya" yozda "Roma" himoyachisi Alessandro Florentsini sotib olmoqchi, deb yozdi jurnalist Nikolo Skira tvitterda.
Xabar qilinishicha, rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino yangi mavsumda futbolchini rejalariga kiritmagan. Florentsining "Roma" bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan.
O'tgan mavsumda Florentsi "PSJ" ijara asosida bilan o'ynadi. Futbolchi 31 o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarket portali futbolchining narxini 13 million evroga baholagan.

Bosh sahifaga
232