"Yuventus" klubi futbolchisi Merix Demiral jamoaning bugungi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborgan.
Ma'lum bo'lishicha, futbolchi ayni damda "Atalanta" klubiga o'tishga yaqin turibdi. 23 yoshli himoyachi yaqin kunlar ichida Bergamo klubda tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, turkiyalik futbolchini "transfermarkt" portali ayni damda 28 million evroga baholamoqda.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Karles Puyol" "Barcelona" safida 593 ta o'yin o'tkazgan va jamoa bilan 21 ta sovrini qo'lga kiritgan.