"Bavariya" "Leyptsig" futbolchisiga "ko'z tikkan"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Marsel Zabittser "Bavariya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
Transfermarket nashri xabariga ko'ra, myunxenliklar klubi 27 yoshli avstriyalik uchun 18 million evro to'lashga tayyor, bundan tashqari bonuslar ham bor.
Qayd etilishicha, "RB Leyptsig" "Bavariya" shartlariga rozi bo'lishi mumkin, chunki futbolchining shartnomasi keyingi yozda yakuniga etadi.
Zabittser 2015 yildan buyon "RB Leyptsig"da o'ynaydi. O'tgan mavsumda futbolchi 39 o'yinda 9 gol va 6 golli uzatma muallifi bo'lgan.

Bosh sahifaga
197