"Latsio" "Chelsi" futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 160

LaLazioSiamoNoi.it nashri xabariga ko'ra, "Latsio" "Chelsi" futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Rim klubi murabbiylar shtabi 20 yoshli hujumchi Kallum Hadson-Odoini ijaraga olmoqchi.
"Latsio" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri "Chelsi"da ishlagan paytida, Kallumga ham ustozlik qilgan. Shu sababli, murabbiy sobiq shogirdini Italiyaga olib kelishni maqsad qilgan.
Eslatib o'tamiz, Odoi o'tgan mavsum Premer ligada 23 uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 2 golni yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
230