«Betis» futbolchisi uchun APL giganti jiddiy taklif bilan chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

«Liverpul» Ispaniyaning «Real Betis» klubi a'zosi Gvido Rodrigez uchun ikkita futbolchisini taklif qildi. «La Razon» xabariga ko'ra, «mersasaydliklar» 27 yoshli futbolchiga kuchli qiziqish bilan qaramoqda.
«Betis» klubi murabbiyi Manuel Pelligrini esa futbolchini sotishga qarshi chiqqan. Ispan klubi futbolchisi narxini 50 million evroga baholagan. «Liverpul» esa ushbu qiymatni kamaytirish uchun Divok Origi yoki Joel Matipni shartnomaga kiritish g'oyasini taklif qilmoqda. Shuningdek, Rodrigez transferiga «Arsenal» ham qiziqish bildirgan.
Manba: teamtalk.com
Bosh sahifaga
195