Tripper jamoada qoladishgan ko'rinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"Atletiko Madrid" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Kiran Tripper faoliyatini katta ehtimol bilan hozirgi jamoasida davom ettiradi.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, futbolchi bilan bog'liq vaziyat tinchligicha qolmoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ayni paytda futbolchiga qiziqayotgan "Manchester Yunayted" asosiy e'tiborini portugaliyalik Diogo Dalotning kelajagiga qaratgan, futbolchi esa o'z navbatida "Milan"ga o'tmoqchi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum Tripper "Atletiko" safida Ispaniya chempioni bo'lgan.

Bosh sahifaga
183