Evropa chempioni "Atletiko"ga o'tmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 197

Italiya terma jamoasi va "Roma" klubi futbolchisi Alessandro Florentsi "Atletiko"ga o'tmaydi, deb xabar beradi jurnalist Matteo Moretto.
Manbaga ko'ra, "matraschilar" italiyalik futbolchini sotib olishdan manfaatdor emas.
Eslatib o'tamiz, oldinroq Ispaniya chempionlarining italiyalik futbolchiga qiziqishi haqida ma'lumot bor edi.
O'tgan mavsumda Florentsi "PSJ"da ijara asosida o'ynagan. Parijliklar futbolchini 10 million evro evaziga sotib olish huquqiga ega edilar, lekin ular 65 millionga "Inter"dan Ashraf Hakimini sotib olishni tanladilar.

Bosh sahifaga
209