London klubi daniyalik hujumchi xaridini amalga oshirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 178

«Vest Hem» klubi «Barselona» hujumchisi Martin Braytveyt transferini tez orada ijobiy hal qiladi. Kataloniyaning «Sport» nashrining ta'kidlashicha, «bolg'achilar» klub bilan 13 million funtlik shartnomani rasmiylashtirishga yaqin turibdi.
Daniya terma jamoasi a'zosi o'tgan mavsum «Kamp Nou»da foydali o'yin ko'rsatgan. U barcha musobaqalarda 7 ta gol urgan. «Barsa» moliyaviy muammolar ortidan futbolchisini sotishga qaror qilgan.
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
184