"Inter" "Atletiko"ning taklifini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

"Inter" hujumchisi Lautaro Martines yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi ehtimoldan yiroq emas, deb yozadi jurnalist Nikolo Skira o'z tvitterdagi sahifasida.
"Inter" argentinalik futbolchini sotmoqchi emas, garchi uning agenti bilan 2023 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasidagi kelishuv bo'lmasa ham. Ammo, futbolchi klubini o'zgartirmoqchi. Ayni paytda, Lautaroga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda, ammo ispanlarning 40 million evro va 10 million bonuslar bo'yicha birinchi taklifi Italiya klubi tomonidan rad etildi. "Inter"
kamida 80-90 million evro talab qilmoqda.
Avvalroq, Martines Londonning "Arsenal" klubiga o'tmasligi ma'lum bo'ldi. Mart oyida "Inter" "Barselona"ningham Lautaro bo'yicha taklifini rad etgan.
Eslatib o'tamiz, Martines 2018 yilda 25 million evro evaziga "Inter"ga o'tdi.O'tgan mavsumda argentinalik futbolchi 47 uchrashuvda qatnashdi, 18 gol va 10 golli uzatmani amalga oshirgan.

Bosh sahifaga
267