"Barsa" futbolchisi "Inter"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186

"Football Italia" nashri xabariga ko'ra, "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich A Seriyaga qaytishi mumkin. Milanning "Inter" klubi bosniyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Agar, Marselo Brozovich "neradzurrilar" safidan ketadigan bo'lsa, Milan klubi 31 yoshli futbolchini sotib olishi mumkin.
"Inter" klubi bosh direktori Beppe Marotta Pyanich bilan bog'lanib, potentsial transfer masalasini muhokama qildi. Hozirda ikki klub o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bosniyalikka Turinning "Yuventus" futbolchisi ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
251