"Atletiko" qiziqayotgan Lautaro borasida "Inter" bir qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 146

"Inter klubi o'zining argentinalik hujumchisini saqlab qolishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, "neradzuri" Lautaro Martinesni sotmaydi, xatto u 2023 yilgacha bo'lgan shartnomasini uzaytirmagan taqdirda ham.
23 yoshli futbolchiga "Atletiko Madrid" qiziqish bildirmoqda va unga 50 million evro taklif qildi, biroq Milan klubi Lautaro uchun 80-90 million evro talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, hujumchi o'tgan mavsum A Seriyaning 38 o'yinida maydonga tushib, o'z hisobiga 17 ta gol va 6 ta assist yozdirib qo'ydi.

Bosh sahifaga
248